Dubay shahzodasi O‘zbekistonga uchib keldi

Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum 6-oktabr kuni ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Bu shahzoda uchun an’ana bo‘lib qolgan va u har yili Navoiyga shu maqsadda keladi. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovlaydi.
Ma’lumot uchun, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” (AYTAM) joylashgan. Markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Roshid Al-Maktum tashabbusi bilan 2008-yil aprel oyida tashkil etilgan.






