Dubayda EXPO 2020: O‘zbekiston Respublikasi Milliy kuni ochilishi bo'lib o'tdi

Bugun Dubaydagi Leadership Pavillionda EXPO Dubai 2020 muhtasham ko‘rgazmasi doirasida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy kuni – munosabati bilan mamlakatimiz tarixi, zamonaviy taraqqiyoti va salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston va BAA bayroqlari ko‘tarilishi va madhiyalar ijrosi bilan boshlandi.

Mehmonlarni BAA Vazirlar Mahkamasi aʼzosi, bagʻrikenglik va birgalikda yashash vaziri shayx Nahayyan ben Muborak al-Nahayyan va Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov kutib oldi.

Tadbirda ikki davlat hukumati aʼzolari, Oʻzbekiston va BAAning ijodkor ziyolilari, ishbilarmon va jamoatchiligining taniqli vakillari, shuningdek, EXPO Dubai 2020 koʻrgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi.