Dubayda kurash federatsiyasi tashkil etiladi

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi xabariga ko’ra, joriy yilning 17-20-iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida G‘arbiy Osiyo mamlakatlari kurash federatsiyalarining mutaxassislari, kurash sport turiga qiziquvchilar uchun xalqaro hakamlik seminari tashkil etiladi.
Seminarda Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Falastin, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yaman davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etish istagini bildirib, ilk talabnomalarni taqdim etgan.
Mazkur seminar doirasida Dubay kurash federatsiyasining ochilish marosimi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mintaqadagi Qatar va bir qator mamlakatlarda kurash federatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi kutilmoqda.






