Dubayda kurerlar buyurtmalarni yetkazib berishdan bosh tortdi

Dubayda Talabat yetkazib berish xizmati kurerlari ish vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilib, ish haqini oshirishlarini talab qildi.
Kompaniyada BAAda 20 mingga yaqin kurerlar ishlaydi. 9-may kuni kurerlar buyurtmalarni yetkazib berishdan bosh tortgani uchun Talabat yetkazib berish xizmati qisman o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Yetkazib berish xodimlarining aytishicha, so‘nggi vaqtlarda yoqilg‘i narxining ko’tarilishi mototsikllarga yonilg‘i quyishda moddiy jihatdan qiyinchiliklarga sabab bo’lmoqda.
Kurerlarning ta'kidlashicha, ularga har bir buyurtma uchun taxminan 7,5 AED to'lanadi va benzin narxining oshishi ularning daromadlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Shu munosabat bilan ular har bir buyurtmani yetkazib berish uchun stavkasini 10 dirhamgacha oshirishni so‘radilar.
The National nashrining yozishicha, kompaniya ishchilarning intilishlarini tushunishlarini va ularni tinglashda davom etishlarini aytgan.
P.S. Talabat 2004-yilda Quvaytda tashkil etilgan onlayn oziq-ovqat buyurtma kompaniyasidir. 2021-yil aprel holatiga ko'ra Talabat Quvayt, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Qatar, Iordaniya, Misr va Iroqda faoliyat yturitadi. 2016-yildan buyon Delivery Hero sho'ba korxonasi Talabat Yaqin Sharqdagi eng yirik onlayn oziq-ovqat buyurtma kompaniyasiga aylangan.






