Dunyo aholisi soni 8 milliarddan oshdi

Countrymeters sayti maʼlumotlarga ko‘ra, dunyo aholisi 8 milliarddan ortiq kishini tashkil qilmoqda. Asosiy o‘sish Xitoy va Hindistonga to‘g‘ri kelgan. Aholi soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda esa AQSH qayd etilgan.
1,4 milliard aholi Xitoyga (18,1 foiz) to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, Hindiston ham deyarli bir xil ko‘rsatkichga (17,7 foiz) ega. Aholi soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda AQSH – 336 million kishi (4,2 foiz).
P.S. Birinchi milliard aholi 1804-yilda qayd etilgan. 1987-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5 milliardga yetgan. 1999-yilda dunyo aholisi 6 milliardga, 2011-yilda esa 7 milliardga yetgan edi.






