Dunyo milliarderlarining boyligi bir kunda 23 milliard dollarga kamaydi

Forbes.ru ma'lumotlariga ko'ra, Forbes ro'yxatiga kirgan dunyoning birinchi o'ntaligining pul mablag’lari bir kunda 23 milliard dollardan ziyodga kamaydi. Ilon Mask "antilider" bo'lib chiqdi, investorlar tomonidan Tesla aksiyalari sotib yuborilganidan so’ng uning kapitali darhol 10 milliard dollarga kamaydi.

Real vaqtda yangilanadigan Forbes Real-Time reyting ma'lumotlariga ko'ra dunyodagi eng boy 10 ta biznesmenning umumiy boyligi bir kunda 23 milliard dollardan ziyodga kamaydi. Kun yakunida top-10 milliarderlardan faqatgina investor Uorren Baffetning boyligi 96,5 milliard dollargacha oshdi.

Mask yana Forbes reytingining uchinchi qatoridan o’rin oldi. Ikkinchi o'rinni Yevropaning eng boy odami va Louis Vuitton egasi Bernard Arno egalladi. Uning boyligi 0,5 milliard dollarga kamayib, 162,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Forbes ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi eng boy biznesmen, Amazon rahbari Jeff Bezos birinchi o'rinda qoldi. Ammo uning boyligi ham payshanba oxirida sezilarli darajada 5,7 milliard dollarga pasayib ketdi va mablag’I 178,1 milliard dollarga tenglashib qoldi. Google asoschilaridan biri Larri Peyjning mablag’lari 2,3 milliard dollarga kamaydi. Peyj reytingning yettinchi o’rnini Oracle asoschisi Larri Ellisonga boy berdi.

Facebook rahbari Mark Sukerberg kuniga 1,9 milliard dollar yo'qotdi, endi uning boyligi 101,7 milliard dollarga baholanmoqda.