Dunyoda 770 mlndan ortiq odamlar o'qish va yozishni bilmaydi – BMT

"Yerda 1979-yilda odamlarning atigi 68 foizi o‘qish va yozishni bilgan. 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich 86,7 foizga oshgan. Aniq yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo‘ylab 771 million kishi hali ham asosiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas. Ularning 60 foizi qizlar va ayollardir" — YUNESKO Bosh direktori Odre Azule.

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya oqibatida 24 millionga yaqin o‘quvchi hech qachon maktab va boshqa ta’lim muassasalariga qaytmasligi mumkin. Ulardan 11 million nafari qizlar va yosh ayollardir. Rasmiy ta’limga ko‘proq mablag‘ ajratish va xalqaro yordam ko‘rsatishga chaqirgan.