Codex Leicester: Dunyoda eng qimmat sotilgan kitob

Leonardo da Vinchi tomonidan yozilgan "Codex Leicester" (Lester kodeksi) dunyodagi eng qimmat sotilgan kitob sanalib, uning dastlabki narxi 30,8 million dollarni tashkil etgan. Inflyatsiyani hisobga olgan holdagi narx esa 54,4 million dollar deya qayd etilgan.

Manbaalarga ko’ra, eng qimmat kitob 1994-yilda Bill Geyts tomonidan 30,8 million dollarga sotib olingan, 2021-yilda taxminan $54,4 million dollarga teng bo‘lgan “Codex Leicester” kitobi sotilgan.

Kitobning o’ziga xosligi shundaki, Lester kodeksi Leonardo da Vinchining ilmiy kundaligi edi. 1510-yilda yaratilgan, u suvning harakati, oyning yorqinligi va nima uchun tog'larda dengiz jonzotlarining qoldiqlarini topish mumkinligi kabi ma’lumotlarga oid da Vinchi rasmlari, nazariyalari va kuzatishlarini o'z ichiga olgan.

Shuningdek, qayd etilishicha xarid qilgandan so‘ng Geyts Codexni raqamli skanerdan o‘tkazgan, ba’zi rasmlarni Windows 98 Plus uchun ekran pardasi va fon rasmi sifatida chiqardi.