Dunyoda jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar qaysi?

"World Population Review" tahlilchilari jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarning reytingini e’lon qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ko‘p jinoyatlar Venesuela, Papua-Yangi Gvineya va Janubiy Afrikada sodir etilgan. O’zbekiston esa 136 ta davlat ichida jinoyatchilikning 33,42 darajasi bilan 99-o‘rinni egallagan.
Ma’lum qilinishicha, tadqiqot mualliflari qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi mamlakatda jinoyatchilik darajasini oshirishini bildirgan. Qattiq politsiya nazorati va tegishli jazolar uning darajasini pasaytirishi ta’kidlangan.
Dunyo miqyosida har 100 000 kishiga to‘g‘ri keladigan jinoyatchilik darajasi eng yuqori o‘ntalikka ega bo‘lgan davlatlar:
Venesuela (83,76);
Papua-Yangi Gvineya (80,79);
Janubiy Afrika (76,86);
Afg‘oniston (76,31);
Gonduras (74,54);
Trinidad va Tobago (71,63);
Gayana (68,74);
Salvador (67,79);
Braziliya (67,49);
Yamayka (67,42).
Dunyoda jinoyatchilikning eng past darajasi Shveysariya, Daniya, Norvegiya, Yaponiya va Yangi Zelandiyada kuzatilmoqda.






