Dunyodagi birinchi 1,5 TB xotiraga ega microSD kartasi yaratildi

Amerikaning Micron kompaniyasi dunyodagi birinchi 1,5 TB microSD xotira kartasini rasman taqdim etdi. Micron i400 modeli 176-qatlamli 3D NAND flesh xotira chiplari asosida qurilgan.

Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko'ra, yangi SD karta videokuzatuv tizimlarida ishlash uchun idealdir. Uning imkoniyatlari bir vaqtning o'zida to'rt oylik videolarni saqlash uchun yetarli. Model salbiy atrof-muhit omillariga nisbatan yuqori chidamlilikga ega va keng harorat oralig'ida — -25 dan +85°S gacha ishlashi mumkin.

Qurilma besh yil davomida ishlash kafolatlanadi. Eslatib o'tamiz, Micron i400 seriyasida 64, 128, 256, 512 GB va 1 TB xotira kartalari mavjud.