Dunyodagi eng baland teleminora

Bu nom Xitoyning balandligi 610 metr boʼlgan Guanchjou teleminorasiga berilgan. Uning loyihasi va qurilishi ustidagi ishlar taxminan 5 yil davom etgan.
Minora tele va radio signallarini uzatish, shuningdek, Guanchjou panoramasini koʻrish va kuniga 10 000 sayyohni qabul qilishga moʻljallangan.
Minoraning 33, 116, 168 va 449 metr balandliklarida oynali kuzatuv maydonchalari, 488 metr balandlikda esa ochiq kuzatuv platformasi joylashgan. 418 va 428 metr balandlikda aylanadigan restoranlar va 407 metr balandlida “VIP kafe” joylashgan.






