Dunyodagi eng qimmat shahar qaysi?

Global konsalting kompaniyasi ECA International 2022-yil hisobida dunyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlarining yillik roʻyxatini eʼlon qildi.

Yana bir bor Gonkong roʻyxatda birinchi oʻrniga munosib ko’rildi.

Kompaniya roʻyxatni bir qancha omillar, jumladan, sut va yogʻ, ijara haqi, kommunal xizmatlar, jamoat transporti va milliy valyutaning barqarorligi kabi maishiy asosiy mahsulotlarning oʻrtacha narxiga qarab hisoblab chiqadi.

Bu uchinchi yildirki, Gonkong ECA indeksi bo'yicha dunyoning eng qimmat shahri bo'lish sharafiga da'vo qilmoqda. Indeks, ayniqsa, xorijlik ishchilar va chet elliklar mavzusiga katta e’tibor qaratadi.

O’tgan yili yetakchilikni qo’lga kiritgan Nyu-York, bu safar o’ntalikka kirgan yagona Shimoliy Amerika shahri bo’ldi.

Osiyoni eng qimmat qit’a deb atash mumkin: 5 ta shahar - Gonkong, Tokio, Shanxay, Guanchjou va Seul kuchli o‘ntalikka kirgan.

Shunday qilib, 2022-yilning eng qimmat shaharlari o’ntaligi quyidagicha:

Gonkong
Nyu-York
Jeneva
London
Tokio
Tel-Aviv
Tsyurix
Shanxay
Guanchjou
Seul.