Dunyodagi eng toza mamlakatlar o'ntaligi

Sayyoramizda tozalik darajasi boʻyicha boshqalarga qaraganda toza va fuqarolarga xush keladigan davlatlar ro’yxatidagi TOP o'nlikning yuqori pog'onalarida Shveysariya, Lyuksemburg, Avstraliya, Singapur va Chexiya qayd etilgan.
Norvegiya - butun dunyoga oʻzining qudratli iqtisodiy tizimi bilan tanilgan. Atrof-muhitga bunday hurmatli munosabat va chiqindilarga qarshi kurashning sababi odamlarning doʻstona birdamligida.
Shvetsiyaning toza ekologiyasi Norvegiyadagi kabi oʻzaro bogʻliqliklardan kelib chiqadi, yana bir usul – ishlab chiqarishning salbiy oqibatlariga qarshi kurash boʻyicha (konlar, fabrikalar) kiritilgan ulkan sarmoyalar.
Avstriya dunyodagi nafaqat eng toza davlat, balki uzoq va sogʻlom hayot kechirish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.
Ispaniya dunyodagi yana bir toza mamlakat. Ispaniyada har kim oʻzi uchun xotirjam muhitni topadi. Shuningdek, tozalik sayyohlar tashrifining kafolati boʻlib, ularga ziyorat qilish uchun zamin yaratadi.
Germaniya dunyodagi eng rivojlangan davlatlaridan biri Germaniyada aholi uchun barcha qulayliklar mavjud qilingan boʻlsa-da, yirik sanoat korxonalari va yoʻllardagi avtomobillarning koʻpligi atrof-muhitga oʻz taʼsirini oʻtkazishi sezilib turadi.
Chexiya haqiqatan ham koʻzni quvontiradigan darajadagi toza mamlakat. Bu haqda nafaqat mahalliy aholi, balki mehmonlar ham oʻz munosabatini bildiradi.
Singapur nafaqat chiroyli osmonoʻpar binolari, diqqatga sazovor joylari, balki butun mamlakat boʻylab toza havo va koʻchalari tufayli sayyohlar uchun jannat makonidir.
Avstraliya dunyodagi eng yaxshi iqlim sharoitiga ega boʻlgan yashil qitʼa. Taʼkidlash joizki, Avstraliya dunyoning eng boy mamlakatlari reytingida ancha yuqori pogʻonalarni egallaydi.
Lyuksemburg oʻrmonlar bilan oʻralgan juda foydali geografik oʻrinda joylashgan. Ushbu davlatdagi aholi boshqa mamlakatlar shaharlariga qaraganda juda kam. Shu sababli boʻlsa kerak, u yerda hech kim chiqindi tashlamaydi.
Shubhasiz, yetakchi va dunyodagi eng toza mamlakat bu – Shveysariya. Buni mamlakatga har yili atmosferasi va ekologiyasi tozaligidan bahramand boʻlish uchun eng koʻp sayyoh tashrif buyurishi tasdiqlaydi.






