Durable Beton kapital qurilish va obodonlashtirish uchun yangi yechimlarni taqdim etdi

Joriy yilning 11-may kuni “Bright Uzbekistan” jamoasi O‘zbekistondagi eng yirik texnologik zavodlardan biri – “Darable Beton” beton zavodida bo’ldi. Kompaniya tomonidan kapital qurilish va obodonlashtirish bo'yicha yangi yechimlar taqdim etildi.

Sanoat va fuqarolik binolari, shahar infratuzilmasi uchun yangi temir-beton buyumlari “Durable Precast Concrete Products” savdo belgisi ostida namoyish etilmoqda.

“Durable Beton” mas’uliyati cheklangan jamiyati – xalqaro standartlar bo‘yicha beton aralashmalar, temir-beton buyumlar va beton qoplamalar ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona sanaladi. 2019-yilda zavod ISO 9001:2015 standartiga muvofiqligi uchun sifat menejmenti tizimining auditidan muvaffaqiyatli o‘tgan edi.

Zavod quyidagi savdo belgilari ostida mahsulotlar ishlab chiqaradi:

«Durable Beton»
«Durable MCHJ»
«Durable Stone».
Ushbu brendlar ostida kompaniya quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug'ullanadi:

B7.5 (M100) - B60 (M800) sinfidagi beton aralashmalari;
Fuqarolik va sanoat tarmoqlari, yo'l qurilishi va shahar kanalizatsiya infratuzilmasi uchun temir-beton buyumlar;
Vibropressli yo’lka plitalari.