Dyson havo tozalagich o'rnatilgan noodatiy quloqchinlarni taqdim etdi

Dysonning eng yangi qurilmasi juda g'aroyib gadjet – bu ichki havo tozalash funksiyasiga ega va futuristik ko'rinishi bilan ajablantiradigan quloqchinlardir..
Shubhasiz, Dyson Zone, ko'chada katta qiziqish uyg'otadigan eng original quloqchinlardan biridir. Ularning klassik konstruksiyasi lab va burun oldida joylashgan havo tozalagichiga ulangan.
Havoni tozalash mexanizmining dizayni juda o'ziga xosdir – havo quloqchinlar orqali so'riladi, keyin filtrlanadi va ushbu aksessuarning old qismiga o'tkaziladi va keyin to'g'ridan-to'g'ri burun va foydalanuvchi og'ziga toza havoni yo'naltiradi.






