Dzyudo bo’yicha Jahon Chempionatining ochilish marosimi

Bugun “Humo Arena” sport majmuasida Dzyudo bo’yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Chempionatning ochilish marosimida yuksak martabali mexmonlar, xususan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ishtirok etishdi.

Marosimda Marius Vizer so’zga chiqib, barcha dzyudo sportchilari va rasmiylari shu bilan birga muxlislarga o’z tabrigini yo’lladi. Muxtaram mexmonimizdan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov yurtimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida nutq so’zlab, musoboqa mehmonlarini dunyo birinchiligi musoboqasi bilan qutladi.

Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi bayrog’i “Humo Arena”ga 2 karra jahon chempioni va olimpiya o’yinlari sovrindori Rishod Sobirov tomonidan olib kirildi.

Ma’lumot uchun, Dzyudo bo’yicha Jahon birinchiligi yurtimizda ilk bor tashkil qilinmoqda.