Dzyudo bo'yicha sportchilar va ularning murabbiylar taqdirlash marosimi

Bugun Aziz Abduhakimov XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan dzyudo bo‘yicha sportchilar va ularning trenerlarini taqdirladi.

Taqdirlash marosimi turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning kirish so'zi bilan boshlandi:

-Quvonarlisi, dzyudochilarimiz bu safargi Olimpiya o‘yinlarida har qachongidan ko‘p – 11 ta litsenziya bilan ishtirok etishadi. Biroq, O‘zbekiston dzyudochilari shu kungacha yurtimizga Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini taqdim etishmagan. Umid qilamizki, bu an’ana dzyudo Vatanida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida buziladi.

Shundan so'ng dzyudochilar va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Sportchilar uchun mukofot miqdori 100 million so'mni tashkil etdi va ularning murabbiylari uchun 50 million so'm ajratildi.