"E-AUKSION" 5 oy ichida 570,6 milliard so'mlik 11,918 mulk obyektlarini sotdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan 2021 yilning yanvar - may oylari davomida 15,816 ta mulk va mulkiy huquqlar realizatsiya qilish uchun "E-AUKSION" elektron savdo maydonchasiga chiqarildi.

Xususan, ushbu davrda boshlang'ich narxi 422,8 milliard so'mlik 11,918 ta mulk obyekti 570,6 milliard so'mga sotildi. Mulk va mulkiy huquqlarni sotib olgan ishtirokchilar belgilangan muddatda 3,4 trln. so‘m miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.

Ayni paytda, savdo maydonchasida 22 mingdan ortiq mulk va mulkiy huquqlar savdoda turibdi. Bular 252 ta davlat aktivlari, 1661 ta ijaraga davlat mulki, 17,7 ming yer uchastkalari, 560 ga yaqin tashqi reklama ob’ektlarini o‘rnatish huquqi.