"E-auksion" elektron platformasining qulayliklari

1-sentyabrdan boshlab O'zbekistonda "E-auksion" elektron savdo maydonchasi joriy etilmoqda. Uning maqsadi onlayn-auksion ishtirokchilari huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash va savdo jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini oshirishdir.
Platforma ishtirokchilarga, shu jumladan, chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib bepul taqdim qilinadi va ob’yektni sotib olish bo‘yicha o‘z narx taklifini kiritish huquqi beriladi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yo‘li bilan ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi.






