«E-permit» loyihasini ishga tushirish marosimi o’tkazildi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Transport Vazirlarining 6-yigʼilishi doirasida, bugun, 28-oktabr kuni O'zbekiston Transport vazirligi hamda Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan, ruxsatnoma blankalarini elektron ayirboshlash tizimi “E-permit” loyihasini ishga tushirish marosimi bo’lib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, Transport vazirlari yig’ilishi doirasida qator masalalar bilan birgalikda, transport va logistika sohasida raqamlashtirishni keng joriy etish maqsadida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo davlatlarning transport protseduralarini raqamlashtirish bo'yicha tajriba almashish, E-Permit va E-TIR tizimlarini joriy etish va E-CMR tizimi yo'nalishidagi ishlarni faollashtirish bo'yicha amaliy hamkorlik qilish borasida ham kelishuvga erishildi.

P.S. Mazkur tizim O'zbekiston va Turkiya xalqaro yuk tashuvlari sohasida yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni raqamlashtirishga qaratilgan.