Ear Stick - bu butunlay yangi mahsulot!

Yilning eng shov-shuvli smartfonini taqdim qilganidan keyin, Nothing oʼzining navbatdagi yangi mahsulotini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Kompaniya yangi simsiz quloqchinlar, Ear (stick) tizer suratlarini ulashdi.
Ear (stick) kompaniyaning Ear (1)dan keyingi, ikkinchi simsiz quloqchinlari boʼlib, u ilk bor Londonda boʼlib oʼtgan SS23 moda festivalida, Chet Lo podyumida namoyish etilgan.
Bozordagi boshqa quloqchinlardan farqli oʼlaroq, Ear (stick) oʼzining silindr shakldagi quvvatlagich keysi bilan ajralib turadi.
Qoʼshma Shtatlar uchun Nothing PR menejeri Lyuis Xopkinsning maʼlum qilishicha, Ear (stick) kompaniyaning hozirgi simsiz quloqchinlari uchun shunchaki yangi keys emas. "Ear Stick butunlay yangi mahsulot. Yangi zaryadlovchi keys va yangi quloqchin" deydi u The Verge nashriga.
Nothing oʼzining navbatdagi simsiz quloqchinlarini nihoyatda qulay va quloqlar uchun moslashtirilgan ekanligini aytib, ularni "ajoyiblikda noyob" va "patdek yengil" deya taʼriflaydi.
Taʼkidlash joizki, Ear Stick haqidagi birinchi mish-mishlar Phone 1 taqdim qilinishi arafasida tarqatilgan yangi quloqchinlar silikon yostiqchalarsiz chiqarilishi aytilgan edi. Nothing matbuot xabariga koʼra, Ear Stick shu yil oxirida chiqariladi.






