Ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash o'zgarishlar

Yig'ilish doirasida Prezidentimiz ehtiyojmand aholi qatlamiga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini ta’kidladi.
ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan ta’minlash darajasi hozirgi 60 foizdan 100 foizga yetkaziladi. Ularning barchasi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam bilan ta’minlanadi;
bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshiriladi. Bu – 2 million nafar fuqaroning pensiyasi kamida 20 foizga oshadi, degani;
uy-joyga muhtoj fuqarolarga turar-joylarni ijtimoiy ijaraga berish tizimi joriy etiladi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini 3 barobar oshirishni ko‘zda tutuvchi, kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash Milliy dasturi ishlab chiqilib, amalga oshiriladi;
ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun oliy ta’lim grantlari yildan-yilga oshirib boriladi va 2026 yilda 6 mingga yetkaziladi.






