Ehtiyojmand oila xotin-qizlariga OTM kontrakt to'lovi qoplab beriladi

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan talaba xotin-qizlar davlat OTMlariga kontrakt asosida o'qishga kirganida kontrakt to'lovi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan to'lab beriladi.
Bunda har bir hududdan o'qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun to'rt yillik kontrakt to'lab beriladi.
Buning uchun ariza oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.






