Ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish toʼlovlaridan ozod etiladi

Kun tartibidagi navbatdagi masala davlat xizmatlari koʼrsatishni soddalashtirish va koʼlamini kengaytirishning muhokamasiga bagʼishlandi.
Davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirish orqali mahalla va tumanda qanday oʼzgarishlar boʼlishi koʼrib chiqildi.
Аholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 1-iyuldan boshlab:
38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi (bino va inshootning tashqi koʼrinishini oʼzgartirishni kelishish, bogʼchaga qabul qilish va hokazo);
6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinadi;
aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati boʼyicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi;
aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va maʼlumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi;
ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish toʼlovlaridan ozod etiladi (135 ming soʼm).






