Ehtiyot choralari kuchaytiriladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofa va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Endilikda barcha korxona, tashkilot va yirik savdo markazlari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalar tana haroratini o‘lchash bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, aholini to‘liq emlash va qayta emlash jadallashtirildi.
Vazirlik va idoralar xodimlari, ularning tashkiliy shaklidan qat'i nazar, faqat emlashdan so'ng ishlashga ruxsat etiladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘riladi.

Ta’til tugashi bilan to‘liq emlangan talabalarga oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga ruxsat beriladi.