Ekologiya va tejamkorlik uchun kurash

Ichki yonish dvigatellari bo'lgan avtomobillarga nisbatan ekologik jihatdan qulay transport vositasi deb hisoblangan elektr transport vositalari dunyoda mashhurlik kasb etmoqda.
2016- yildan 2020 - yilga qadar dunyo yo'llaridagi elektr transport vositalarining soni 10 martadan oshdi va 2021 yilda 10,2 millionga yetdi. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 12 mln edi.
Hozirgi kunda elektr transport vositalarining umumiy savdodagi ulushi atigi 2,7 % ni tashkil etadi, ammo Electric Vehicle Outlook 2020 yilni ma'lumotlariga ko'ra, 2040 yilga kelib sotilgan barcha avtomobillarning 58 % elektrda bo'ladi. Bunday tez o'sishni kim ta'minlaydi?
Bu bozorning eng mashhur o'yinchisi Tesla bo'lib, u yiliga o'rtacha 370 000 ta yoki soatiga 42 ta mashina sotadi. 2021-yilning uchinchi choragida Tesla sotuvi 70 foizga oshdi, global avtomobil ishlab chiqarish esa 20 foizga kamaydi.
2021ning III choragida Tesla sotuvi 70% ga oshdi jahon avtomobil ishlab chiqarishi esa 20% ga kamaydi. Teslaning bozor kapitallashuvi oktyabr oyi oxirida $1 trillionga ko'tarilib, eng qadimgi Hertz avtomobil lizing kompaniyasi 100 000 mashinasidan sotib olishi haqida xabar bergan. Shartnoma (agar sodir bo'lsa) eng yirik elektr transport vositalari bozorida bo'ladi va Tesla’ga 4,2 milliard dollar daromad keltiradi. NASDAQ ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning noyabr oyida kompaniyaning kapitallashuvi $ 1,14 trillion edi. Taqqoslash uchun, hozirda meta kapitallashuvi $940 milliardni tashkil etadi.






