Eksportchi korxonalarni rag'batlantirish

Respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash bo'yicha Prezident farmoni.
Qayd etilishicha, eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 200 million AQSH dollari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.
SHuningdek, eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan yillik eksport hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan korxonalarga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSH dollarigacha miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Hamda, oxirgi o‘n ikki oy davomida 1 million AQSH dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin deya xabar berildi.






