Eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi

Prezidentimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni qayd etdi.

“Soʼnggi besh yilda qishloq xoʼjaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, “Cotton Campaign” kuni-kecha Oʼzbekistonni “qora roʼyxati”dan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani.

Buning hisobiga isteʼmol mahsulotlarining xom-ashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qoʼshimcha 1,5 mlrd dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa boʼladi”, dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, xom-ashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga apreldan boshlab:

eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;

loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona toʼlovlari taʼminoti talab etilmaydi;

ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida ishlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;

olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari undirilmaydi.