El Salvador: Bitkoin evaziga hamma narsani sotib olishingiz mumkin bo'lgan yagona mamlakat

Bitkoin bilan El Salvadorda (Markaziy Amerika) mayda-chuydalar va takolardan tortib, benzin va hatto uylargacha - deyarli hamma narsani xarid qilishingiz mumkin. Ko'cha sotuvchilari va yirik sotuv tarmoqlaridan birdek kriptovalyuta bilan xarid qilish biz uchun mumkin emasdek go’yo. Ammo bu El Salvador uchun oddiy holat!

Kriptovalyutalar bu haftada pasayishda davom etdi va Bitkoin kabi tokenlar qiymatidan milliardlab pul havoga uchdi. Halokat butun dunyodagi investorlarga, shu jumladan El Salvador hukumatiga ham ta'sir ko'rsatmoqda.

Prezident Nayib Bukelening kriptovalyutani qonuniy to‘lov vositasiga aylantirish to‘g‘risidagi qarori nazariy jihatdan u Salvadorning yana bir valyutasi AQSh dollari bilan bir qatorda barcha korxonalar tomonidan qabul qilinishi kerakligini anglatadi.

Lekin so’nggi kriptovalyuta qulashi ushbu siyosat haqida biroz o’ylantirib qo’ydi.

Mamlakatdagi 2300 bitkoinlar hozir hukumat ular uchun toʻlagan pulning yarmiga teng. Biroq, moliya vaziri “juda minimal fiskal xavf” borligini aytib, tanqidni rad etdi.