«Eng qiyin o'yin, jahon chempionatiga chiqish uchun bo'lgan so'nggi o'yindir» - Eldor Shomurodov

“Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev Italiyaga tashrifi doirasida, oʻzbek futbolchisi, Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi iqtidorli sportchi Eldor Shomurodov bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida mashhur o’zbek futbolchisi bilan noodatiy formatdagi qiziqarli suhbat tashkil etildi. Tez kunlarda kuzatuvchilarimiz e’tiboriga havola etiladigan suhbat orqali futbolchining muhlislari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish bilan birga, Oʼzbekistonning eng qimmat futbolchisining Italiyadagi faoliyati davomidagi qiyinchilik va yutuqlar, yengib o’tilgan to’siqlar, zabt etilgan marralar, uning daromadi, shaxsiy hayoti, kelgusi rejalari va orzulari kabi ko’plab javobi bugunga qadar aytilmagan savollarga guvoh bo’ladilar.

Mazkur eksklyuziv uchrashuvni tashkil etishda yaqindan ko’mak bergani uchun O’zbekistonning Italiyadagi elchixonasiga minnatdorlik bildiramiz.