Eldor Shomurodov «Spetsiya» ga oʼtdi

“Roma”ning oʼzbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini “Spetsiya” klubida davom ettiradigan boʼldi. Maʼlum qilinishicha, “Spetsiya” Shomurodovni yarim yilga ijaraga olgan. Kelishuv shu yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.
P.S. “Spetsiya” Italiya А Seriyasida 18 ochko bilan 17-pogʼonada bormoqda va ligada eng kam gol urgan jamoalardan biridir.






