Elektr tizimida yuzaga kelgan nosozlik sabab bugungi boks bahslari kechiktirildi

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtimizda boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatining 25 yanvar kungi dasturidan o‘rin olgan bahslar elektr energiyasi tizimida yuzaga kelgan nosozlik sabab noma’lum muddatga kechiktirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun 25 yanvar kuni chempionat dasturiga binoan 8 ta vaznda 16 ta jang tashkil etilishi lozim edi. Janglar Toshkent vaqti bilan 16:00 dan boshlanishi belgilangandi.

Unda mamlakatimiz terma jamoasining 8 nafar a’zosi yarim final bahslarini o‘tkazishi kutilayotgan edi.