Elektron kooperatsiya portali hamkorlikni rivojlantirishning muhim vositasidir

Joriy yilning 7-iyul kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Elektron kooperatsiya portali uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishning muhim vositasidir” mavzusida Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Raqamli transformatsiya markazi tomonidan ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari Aziz Voitov, Raqamli transformatsiya markazi direktori Sherzod Sodiqov va markaz direktor o'rinbosari Igor Mihaylovich hamda Savdo Sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ishtirok etdilar.

Shuningdek, sanoat kompaniyalari rahbarlari, tadbirkorlar va konferesaloqa shaklida hududiy studiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashdular.

Ochiq muloqot davomida tashkilotchilar ishtirokchilarni Markaz faoliyati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish rejalari hamda Elektron kooperatsiya portali faoliyatidagi yangiliklar va uni takomillashtirish boʼyicha koʼrilgan choralar bilan tanishtirdilar.

P.S. Tadbir ishtirokchilari Elektron kooperatsiya portali vositachiligida tovar va xizmatlarni targʼib qilishda hamkorlikni yanada rivojlantirish va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish lozimligini taʼkidladi hamda portal faoliyatini takomillashtirish boʼyicha oʼz fikr va takliflarini bildirdi.