Ilon Maskning kapitali bir kunda $ 32,6 milliardga oshdi

Dunyoning eng boy odami Ilon Maskning boyligi bir kunda 32,6 milliard dollarga o'sib, yana 300 milliard dollardan oshdi.
Dunyoning eng badavlat odami Ilon Maskning boyligi 3-yanvar, dushanba kuni 11,98 foizga yoki 32,6 milliard dollarga o‘sdi, va u yana 300 milliard dollar chegarasidan oshib, 304,2 milliard dollarga yetdi.
Elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi aksiyalari 13,5 foizga oshib, har bir aksiya uchun 1199,78 dollarni tashkil qildi. CNBC ma'lumotlariga ko'ra, Tesla aksiyalari narxining o'sishi Nasdaq yuqori texnologiyali indeksini 1 foizga ko'tardi. Nasdaq 3-yanvar, dushanba kuni AQSh fond indekslari qatorida 1,2 foizga ko‘tarilib, 15 832,80 punktgacha yetakchilik qildi.






