Emirates Palace - dunyodagi eng qimmat mehmonxona

Abu Dabidagi Emirates Palace (BAA) mehmonxonasi dunyodagi eng qimmat mehmonxona hisoblanadi. Uning qurilishiga 3 mlrd dollar va 2 tonna oltin sarflangan.
Mehmonxonada "Hammasi hisobga olingan" deb nomlangan tarif bo’yicha 1 xaftaga tunash narxi 1 mln dollarni tashkil etadi.
Bu tarifga quyidagilar kiradi:
Abu-Dabiga birinchi klass bilan dunyoning har qanday nuqtasidan transfer (yuk jo‘natish) ishlarini amalga oshirish;
Maybach avtomobilidan xaydovchisi bilan foydalanish;
Har kuni “Anantara Spa” spa-saloni xizmatidan foydalanish;
Dengiz osti baliq ovi bilan shug‘ullanish;
Fors ko‘rfazida ajoyib sayohat va kunlik sovg‘alar taqdim qilinishi.






