Emomali Rahmon va Аleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga tashrifi yakunlandi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda Belarus Respublikasi Prezidenti Аleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.

16-sentabr kuni ShHT sammitidan soʼng har ikki davlat yetakchilarini Samarqand xalqaro aeroportida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripov va boshqa rasmiylar kuzatib qoʼydi.