Endi barcha hujjatlar smartfonda

O'zbekistonda Gov Pass mobil ilovasi ko'rinishida fuqaro pasportining raqamli profili yo'lga qo'yiladi.
Ilova smartfonga o‘rnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi ko‘plab hujjatlar jamlanadi. Ya’ni, fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda bo‘ladi. Bu vaqt va pulni tejab, qogʼozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi, ovoragarchiliklarni bartaraf etadi.
2026 yilgacha bu tizimni toʼliq joriy etish vazifasi qoʼyildi.






