Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak – Shavkat Mirziyoyev

“Keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb oʼrganishi kerak. Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham koʼrib chiqishimiz kerak”, — dedi Prezident.
Аyni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida taʼlim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.
Davlat rahbari soʼnggi yillarda maktablarda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi. “Soʼnggi 5 yilda mingta maktab qurdik. 7 millionta kompyuter sinflarini tashkil qildik. Bu kabi ishlarga 14 trillion mablag’ berdik. Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablag’. Lekin taʼlim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz”, — dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida oʼqitilishini aytdi.






