Endi instagramda yangi «statuslar» funksiyasi mavjud

Instagram foydalanuvchilari kecha 14-dekabr kunidan boshlab Instagramda yangi funksiya ishga tushganining guvohi bo’lishdi. Endi har bir foydalanuvchi 24 soat davomida o‘zi uchun status yaratish imkoniga ega bo’ldi.

Ilovadagi xabarlarga kirish orqali foydalanuvchi avatarlari va ularning holatini ko'rish mumkin. Har bir foydalanuvchi akkauntini bosish orqali esa ularning yozuviga javob berish imkoni mavjud.