Endi koronavirusni davolashda yangi preparatlardan foydalanilishi mumkin

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti koronavirus tufayli kasalxonaga yotish xavfi yuqori boʼlgan bemorlarni davolash uchun yangi preparatlarni tavsiya qildi.
“Paxlovid” savdo belgisi ostida chiqariladigan, nirmatrelvir va ritonavir nomli ushbu dorilar emlanmagan, keksa yoshli hamda immuniteti zaif odamlarni muolaja qilishda yaxshi samara beradi.
Virusga qarshi ushbu preparatlar ogʼiz orqali qabul qilishga moʼljallangan. Ular COVID-19 tufayli kasalxonaga tushish xavfini 85 foizga kamaytiradi.
Biroq, 3 ming kishida oʼtkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, JSST yuqori xavf guruhiga mansub boʼlmagan bemorlar nirmatrelvir va ritonavir preparatlarini qabul qilmagani maʼqul, degan fikrda.






