Endi oʼqituvchilar bir yoʼnalishda oʼqib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʼyicha milliy dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Farmoniga koʼra, 2022/2023-oʼquv yilidan oʼquv dasturlari oʼzaro yaqin boʼlgan 4 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha asosiy va qoʼshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.
Quyida oʼquv dasturlari oʼzaro yaqin boʼlgan 4 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi bilan tanishing:
Matematika va informatika (qoʼshimcha informatika fani oʼqituvchisi)
Pedagogika (qoʼshimcha tarbiya fani oʼqituvchisi)
Biologiya (qoʼshimcha tabiiy fanlar oʼqituvchisi)
Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qoʼshimcha surdotarjimon)






