Endi Tojikiston ko'p qavatli uylar mustahkamligiga ko'proq e'tibor qaratadi

Turkiyada sodir boʼlgan zilzila fonida Tojikiston koʼp qavatli uylar loyihasiga yanada koʼproq eʼtibor qaratadi. Bu haqda Tojikiston arxitektura va qurilish qoʼmitasi rahbari Mirzozoda Nizom Yusufiy maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, uning soʼzlariga koʼra, Turkiya va Suriyadagi koʼp qavatli uylarning qulashi binolarning yetarlicha oʼylanmagan seysmik chidamliligidan dalolat beradi, endi mutaxassislar bunga koʼproq eʼtibor qaratadi.






