Endi xususiy OTM talabalariga ham prezident stipendiyasi beriladi

Prezident farmoni bilan, shu o‘quv yilidan doktorantura va magistratura talabalari uchun 10 va 22ta prezident stipendiyasi beriladi
Bakalavrlarga esa har bir OTM uchun 1ta stipendiya beriladi. Endi prezident stipendiyasi O‘zbekistondagi xorijiy va xususiy OTMlarda, qo‘shma dastur bilan o‘qiyotganlarga ham beriladi va ular ham davlat OTMlarining magistraturasiga imtihonsiz kirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston OTMlarida o‘qiyotgan talabalar uchun To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.






