Endilikda arxiv ma’lumotlarini onlayn tarzda olish imkoni mavjud

Yagona portal va uning mobil ilovasida “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” nomli xizmat joriy etildi.

Ushbu xizmat orqali yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik hamda 1941-1945-yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish mumkin bo'ladi.

Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish, evakuatsiyani aniqlash kabi xizmatlarning narxlari belgilangan bo’lib, ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lash mumkin.

P.S. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.