Endilikda elektromobillar quyosh stantsiyasi yordamida zaryadlanadi

 
Oʼzbekistonda elektromobillarni quyosh stantsiyasi yordamida yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi
 
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan elektromobillarni zaryadlovchi maxsus qurilma loyihasi moliyalashtirilgan boʼlib, ushbu loyiha asosida Oʼzbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega boʼlgan quyosh fotoelektrik tizimlari orqali mahalliy elektr tarmogʼi bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi yaratildi.
 
Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
 
Qayd etilishicha, mazkur qurilma Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi olimi, texnika fanlari doktori Nuraddin Matchanov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqildi.