Endilikda OTM imtihonlari Internet orqali translatsiya qilinadi

O'zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, bu yildan boshlab imtihon jarayoni Internetda jonli efirga uzatiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi.

Internetda quyidagi imtihon turlari efirga uzatiladi:

OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;
o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq imtihonlar;
nostrifikatsiya test sinovlari.
2021/2022 o‘quv yili qabuligacha imtihonlarni Internetda jonli efirga uzatishni ta’minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.