Endilikda O'zbekistonda avtomobillar GAZ bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi

Rossiyaning GAZ avtomobilsozlik kompaniyasi va Toshkent viloyati hukumati hamkorlik to'g'risida memorandum imzoladilar.

Ushbu shartnoma doirasida har ikki tomonning mashinasozlik bo'yicha mutaxassislari birgalikda avtomobillar ishlab chiqaradilar. Toshkent viloyatida yengil tijorat va o'rta tonnali GAZ rusumli avtomashinalar hamda ular asosida maxsus uskunalarning ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Bunga o'xshash loyihalar o'zaro manfaatli bo'lib, har ikki tomonga foyda keltiradi. Mashinasozlik bo'yicha mutaxassislar o'z faoliyati davomida ish tajribasi bilan almashadilar. Shuningdek, mashinasozlikning turli xil texnologiyalaridan foydalanish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot sifati ancha yuqori bo'ladi.