Energetika sohasida erkin bozor qurishni taklif qilaman – Prezident

"Bu boʼyicha shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilmaymiz. Lekin odamlarni rozi qilib, erkin bozor yoʼnalishiga oʼtamiz", - dedi Prezident
Murojaatnoma davom etmoqda, davlatimiz rahbari har bir sohaga birma-bir to’xtalar ekan energetika borasida, amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtaldi. Shuningdek, “Energetika sohasida erkin bozor qurishni taklif qilaman”,- deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.
Bundan tashqari, “Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun energetika sohasiga 25-30 mlrd dollar investitsiya kerak. Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin. Shu bois, soʼnggi uch yilda sohaga 8 mlrd $lik toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar jalb qilindi. Jumladan, oʼtgan haftada Buxoro, Namangan va Xorazmda quvvati 500 megavattli yana 3 ta quyosh stantsiyalarini qurish boʼyicha tanlov yakunlandi”, deydi davlat rahbari.






