Energetika tizimidagi kamchiliklar, mavsumga tayyorgarlikdagi qoloqliklar yuzasidan jiddiy eʼtirozlar bildirildi

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov boshchiligida qishni betalafot oʼtkazish boʼyicha vidoselektor yigʼilishi o’tkazilib, tanqidiy ruhdagi yig’ilishda mutasaddilarga energetika tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha qoʼshimcha vazifalar yuklandi.
Maʼlum qilinishicha, yig’ilishda administratsiya rahbari Sardor Umurzakov tomonidan qish mavsumini betalafot oʼtkazish uchun masʼul mutasaddilar ishidagi jiddiy kamchiliklar koʼrsatib oʼtildi va mavsumga tayyorgarlik ishlaridagi qoloqliklar, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish choralar tezkor qabul qilinmagani va umuman sustligi yuzasidan jiddiy eʼtirozlar bildirildi.
Аholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib taʼminlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kun-u tun ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirildi.
Shuningdek, energetika tizimi mutasaddilari bilan hududlarga qoʼshimcha tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va koʼmirni yetkazib berish masalasi alohida muhokama qilindi.
Bu masalalar boʼyicha kunlik nazorat tizimini oʼrnatish uchun prezident maslahatchilari va Bosh vazir oʼrinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktirildi.






