Energetika vazirligi benzin narxining ko‘tarilishiga izoh berdi

AI-91 benzin narxining oshishi aholi orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ushbu markaning narxi 8100 so'mga oshdi.
Energetika vazirligi narxlarning ko‘tarilishiga izoh berdi. Idoraning xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda benzin narxi birjadagi vaziyatga ko'ra belgilanadi va davlat narxlarni belgilashga aralashmaydi.
Bundan tashqari, AI-91, 92 va 95 benzinlari import qilinadigan komponentlardan ishlab chiqarilishi qayd etildi. Ushbu yoqilg‘ilarning narxi jahon bozoridagi narxlarga muvofiq o‘zgarib boradi.






